Menyu  
Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash

Ish izlayapman

«Ish Plus» loyihasi sahifasiga xush kelibsiz! Ushbu sahifada «Ish Plus» Toshkent shahrida nogironligi bor shaxslarga ish topishda qanday yordam berishi haqida bilib olasiz.

Ko‘p beriladigan savollar

"Ish Plus" bu qanday loyiha? +

"Ish Plus" – bu Toshkent shahrida nogironligi bor insonlarga ish topishda yordam beradigan ijtimoiy loyiha.

Loyiha nomi quyidagicha yoziladi: Ish Plus va nogironligi bor insonlarni jamiyatimizga munosib ish orqali qo‘shish ma’nosini anglatadi.

Bu loyiha Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan 2021-yildan beri amalga oshirib kelinyapti.

Biz kimga yordam beramiz? +

"Ish Plus" xodimlari 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan turli xil nogironligi bor shaxslarga yordam berishadi.

Masalan, jismoniy, eshitish, ko‘rish, aqliy yoki ruhiy nogironligi bor insonlarga ish topishda yordam beramiz.

"Ish Plus" xodimlari yordamni bepul ko‘rsatadilar.

Siz qanday ish topsangiz bo‘ladi? +

"Ish Plus" xodimlari sizga "Ish Plus" hamkorlaridan turli vakansiyalarni taklif qilishadi. Biz Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan insonlar uchun ish taklif qiladigan ish beruvchilar bilan hamkorlik qilamiz.

Agar vakansiyalar sizga ma’qul kelsa va siz ularning talablariga mos kelsangiz, "Ish Plus" xodimlari ishga joylashishingizga yordam berishadi.

Biz bilan qanday aloqaga chiqsa bo‘ladi? +

"Ish Plus"ga murojaat qilish uchun quyidagi mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 (90) 818-07-08

Iltimos, faqat ish vaqtida — ertalab soat 9:00 dan 17:00 gacha qo‘ng‘iroq qiling. Tushlik tanaffusimiz 13:00 dan 14:00 gacha. Biz dushanbadan jumagacha ishlaymiz.

Telefon qilganingizda, xodimlarimizdan biri javob beradi. Xodimga ish topmoqchi ekanligingizni ayting. Xodim bilan uchrashuv haqida kelishib oling. Xodimimiz uchrashuvning aniq kuni va vaqtini belgilaydi. Xodimimiz sizga ofisimizga qanday yetib kelishni tushuntirib beradi.

"Ish Plus" xodimi bilan uchrashuvga qanday tayyorlanish kerak? +

Bizni ofisimizga kelishdan oldin, "Ish Plus" xodimi bilan uchrashuvga yaxshilab tayyorlanib kelishingiz kerak.

Uchrashuvdan oldin quyidagilarni qilish kerak:

- qayerda o‘qiganingizni eslash

- ish tajribangiz (oldin qayerlarda ishlaganingiz) bor yoki yo‘qligini eslash

- qanday ishni xohlayotganingiz haqida o‘ylab ko‘rish

- hujjatlarni topib, tayyorlab qo‘yish

Qanday hujjatlarni olib kelishingiz kerak? +

"Ish Plus" xodimi bilan uchrashuvga o‘zingiz bilan ushbu hujjatlarni olib kelishingiz kerak:

- pasport yoki ID-karta
- nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma

Uchrashuvda nima bo‘ladi? +

Uchrashuvda "Ish Plus" xodimi sizga ko‘p savollar beradi. Savollar sizga yaxshi ish topish uchun kerak.

Masalan, xodimimiz sizdan quyidagilarni so‘raydi:

- Kim bo‘lib ishlashni xohlaysiz?
- Nima uchun ishlashni xohlaysiz?
- qo‘lingizdan qanday ish keladi (nimalarni qila olasiz)?
- Qayerda o‘qigansiz?
- Kim bilan yashaysiz?
- Nogironlik holatingiz qanday (qanday bilinadi)?

"Ish Plus" xodimi hujjatlaringizni ko‘rsatishni so‘raydi. Xodimimiz sizga topshiriq berishi mumkin.
Uchrashuv oxirida sizga ish qidirish rejasini tuzishga yordam beradi. Masalan, "Ish Plus" xodimi sizga sinov muddatida qaysidir bir korxonada ishlab ko‘rishni taklif qiladi.

Ishlashdan qo‘rqsangiz, nima qilsangiz bo‘ladi? +

Agar siz ishlashdan qo‘rqsangiz, "Ish Plus" psixologiga murojaat qilishingiz mumkin.

Psixolog sizga quyidagi holatlarda yordam beradi, agar siz:
- qo‘rqsangiz
- xavotir olsangiz
- xafa bo‘lsangiz
- jahlingiz chiqsa
- ota-onangiz yoki do‘stlaringiz bilan urishsangiz
- do‘stlar topishni xohlasangiz

Agar psixologga murojaat qilishni xohlasangiz, quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 (90) 818-07-08

"Ish Plus" qayerda joylashgan? +

"Ish Plus" loyihasi ofisi ushbu manzilda joylashgan: 100114, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Xiyobon ko‘chasi, 22-uy. Bu manzil Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi bosh ofisi hisoblanadi.