Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent sh. |
Qibray tumani Salar shaharchasi, Uneversitet ko'chasi, 2-uy.
Telefon raqami: +998 (90) 818-07-08
Elektron pochta: info@ishplus.uz

Toshkent agrar universiteti — qishloq xoʻjaligi. uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan. 1930 yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi, bu institut 1934—91 yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi, 1991 yilning aprelda Toshkent davlat agrar universitetiga aylantirildi.

Universitetda (2004): agronomiya, agrokimyo va tuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi; mevasabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi; zoomuhandislik va ipakchilik; iktisodiyot; buxgalteriya hisobi; kasbiy taʼlim; sirtki taʼlim; magistratura ftlari, 35 kafedra faoliyat koʻrsatdi, muzey (1980), ilmiy kutubxona (1 mln. dan ortiq asar), qishloq xoʻjaligi. kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi bor. 32 ga haydaladigan yer va 1 ga issikxona maydoni boʻlgan oʻquvtajriba xoʻjaligi, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida 2480 ga haydaladigan yer, 4 ga issiqxona maydoni, chorvachilik fermasi va boshqa ishlab chiqarish. obʼyektlari boʻlgan oʻquvtajriba xoʻjaligi; agroekologiya ilmiy markazi, biotexnologiya laboratoriya, etnomofaglarni koʻpaytirish boʻyicha biolaboratoriya, fungimarkaz kabi ilmiy ishlab chiqarish., tadbirkorlikilmiy boʻlinmalar faoliyat koʻrsatadi. 1992 yilda bakalavriat boskichida mutaxassislar tayyorlaydigan Nukus filiali tashkil etilgan. 2003/04 oʻquv yilida 5321 talaba, shu jumladan, kunduzgi boʻlimda 3047, sirtki boʻlimda 2040 bakalavr, 236 magistr talabalar oʻqidi, 457 professoroʻqituvchi, shu jumladan, 53 fan doktori va 166 fan nomzodi ishladi.

Ro‘yxatdan o‘tilgan sana: 17/10/2022
Telegramdan bo‘lishish:

Tashkilot vakansiyalari:

Barcha vakansiyalar
Hali chop etilmagan
Yuridik ma'lumot
Tashkilot:
  Toshkent davlat agrar universiteti
STIR:
Ko‘rsatilmagan
IFTUT:
Ko‘rsatilmagan

Kompaniyalar haqidagi sharhlar

Bu kompaniya haqida hali fikr-mulohazalar mavjud emas.