Buxgalteriya kursi

Chop etilgan sana:
07.01.2022
11:29
Toshkent sh.
Bepul
Ish yuritish sohasi:
Nogironlik belgilari:
| Jismoniy nogironlik |
Ta'lim shakllari:
| Guruh bilan |
Ta'lim davri:
3 oy
Ta'lim tili:
O'zbekcha
Qo‘shimcha ma'lumot:

Buxgalteriya  kursida quyidagilar o'rgatiladi:

- buxgalteriya hisobini meʼyorlar yordamida boshqarish;

- buxgalteriya hisob varaqlar tizimi va uni qo‘llash;

- tashkilot ichki ishchi hujjatlarini to‘g‘ri yuritilishi va hujjatlar aylanishini yuritish;

- tashkilot xodimlarini ish haqqini belgilangan meʼyorlar asosida hisoblash; 

- buxgalteriya hisobi usullarini xo‘jalik jarayonlarida ko‘llay olish;

- tashkilot hisobotlarini tuzish va o‘z vaqtida topshirish;

- korxona ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini hisobga olish va moliyaviy natijalarini aniqlash;

- korxona hisobotlarini tuzish va uz vaqtida topshirish.

- axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, buxgalteriyaga oid dasturlarda ishlash;

- buxgalteriya hisobini yuritishda belgilangan hisob siyobligi, hisob tamoyillari, buxgalteriya andozalari va boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qilish;

- mehnat haqqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish, ish haqqi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini, taʼtil hisoblash amaldagi qonunchilik asosida ushlanmalarni hisoblash, ishchi-xodimlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;

- davriy hisobotlarni uz muddatida tuzish va topshirish;

- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob ishlarini tashkil etish va yuritishning nazariy asoslarini;

- buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va hujjatlashtirishni;

- buxgalteriya hisoboti shakllari va ularni tuzish qoidalarini;

- buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish qoidalarini;

- buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuvini ko‘llay olishi;

- buxgalteriya hisobining oddiy va murakkab o‘tkazmalarini o‘rganishi;

- buxgalteriya hisobi hujjatlarini to‘ldirishni bajara olishi;

- buxgalteriya balansini tuza olishi;

- moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzisha olishi;

-  buxgalteriya hisobida xarajatlar va daromadlarga farqlashni mustaqil bajar olishi;

- buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va hujjatlashtirish;

- buxgalteriya hisoboti shakllari va ularni tuzishni bajara olish.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son  “Kambag’al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida” qaroriga asosan hamda mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag’al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta'minlash maqsadida, qisqa muddatli kurslar tashkil etildi. 

Ushbu kursda o'qish uchun Tumandagi aholi bandlikka ko'maklashish markazidan yo'llanma olish lozim.