Oshpazlik kursi

Chop etilgan sana:
07.01.2022
11:33
Toshkent sh.
Bepul
Ish yuritish sohasi:
Nogironlik belgilari:
| Jismoniy nogironlik |
Ta'lim shakllari:
| Guruh bilan |
Ta'lim davri:
3 oy
Ta'lim tili:
O'zbekcha
Qo‘shimcha ma'lumot:

Ushbu kursda quyidagilar o'rgatiladi:

- ish o‘rinlarida xavfsizligni taʼminlash (mehnat muhofazasi; texnika xavfsizligi qoidalari);

- ish o‘rinlarida umumiy va shaxsiy sanitariya gigiyena qoidalarini taʼminlash;

- texnologik jihozlar va asbob uskunalarni jarayonga tayyorlash va foydalanish;

- taom tayyorlash ishlarida ishlatiladigan xom-ashyo mahsulotlarni tanlash;

- xom-ashyo mahsulotlariga dastlabki ishlov berish;

- ishlarni bajarishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash;

- xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarini sifatini nazorat qilish;

- taom tayyorlash jarayonida ish joyini ratsional tashkil etishni o'rganish;

- taom tayyorlashda ishlatiladigan xom-ashyo mahsulotlarini xususiyatlarini bilish;

- texnologik jihozlar va asbob uskunalardan texnologik jarayonlarni bajarishda foydalanish;

- sabzavotlarni turlarini va ularga dastlabki ishlov berish qoidalarini bilish;

- baliq, go‘sht, parranda, quyon go‘shtlarini turlarini va ularga dastlabki ishlov berish qoidalarini bilish;

- don, dukkaklilar, makaron mahsulotlari, tuxum va tvorog mahsulotlarini turlarini va ularga dastlabki ishlov berish qoidalarini bilish;

- pazandachilik taomlarini tayyorlashda yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasini,

- issiqlik ishlov turlarini va uni jarayonga qo‘llashni;

- qaynatmalarni, murakkab bo‘lmagan pazandachilik suyuk taomlarini;

- sardak va garnirlar tayyorlash texnologiyasini;

- murakkab bo‘lmagan pazandachilik kuyuk taomlarni tayyorlash texnologiyasini;

- yaxna, shirin taom va ichimliklarni tayyorlash texnologiyasini;

- taom tayyorlash ishlarini bajarish jarayonida texnika xavfsizligini va umumiy shaxsiy sanitariya gigiyena qoidalarini;

- taom tayyorlashda ishlatiladigan xom-ashyo mahsulotlarini xususiyatlarini;

- texnologik jixozlar va asbob uskunalardan texnologik jarayonlarni bajarishda foydalanishni;

- xom-ashyo mahsulotlariga dastlabki ishlov berish va ulardan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son  “Kambag’al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida” qaroriga asosan hamda mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag’al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta'minlash maqsadida, qisqa muddatli kurslar tashkil etildi. 

Ushbu kursda o'qish uchun Tumandagi aholi bandlikka ko'maklashish markazidan yo'llanma olish lozim.