Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan shaxs ishlasa nogironlik nafaqasi to‘xtatiladimi?

www.ishplus.uz loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat masalalari bo‘yicha sizning savollaringizga bizning mutaxassislarimiz javob berishadi.

SAVOL:
Nogironligi bo‘lgan shaxs ishlasa nogironlik nafaqasi to‘xtatiladimi?

❗️JAVOB:
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs mehnat faoliyatini olib borishida nogironlik nafaqasi to‘lanishi to‘xtatilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta'minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5597-sonli Farmonining 1-bandiga asosan 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq  miqdorda to‘lanadi.

Bu yerda pensionerlar deyilganda, shuningdek, nogironlik pensiyasini oluvchilar ham tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga binoan “davlat pensiyalari turlariga yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoqotganlik pensiyalari kiradi. Qonunning 15-moddasiga binoan nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Yulduzxon Umarbekova, www.ishplus.uz loyihasi yuristi


Diqqat! Agar sizda biron bir savol bo‘lsa, Telegramdagi @ishplus_bot ga yuboring va mutaxassislarimiz sizga aniq javob berishadi!

O‘z mehnat huquqlaringizni biling! Sizni nogironlik belgisi bo‘yicha ish beruvchi kamsitishga haqqi yo‘q. Agar sizning huquqingiz poymol etilgan bo‘lsa, biz sizga yuridik maslahat berishimiz va huquqlaringizni himoya qilishimiz mumkin.


Chop etilgan sana: 27/07/2021