Yangiliklar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tegishli kasb-hunarga o‘qitish markazlarida 2500ga yaqin shaxslar o‘qitildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bolalarga, bemorlar hamda doimiy ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorladi. Ushbu kadrlar respublikaning har bir viloyatida joylashgan kasb-hunarga o‘qitish markazlari va “Ishga martamat” monomarkazlarida tayyorlandi.


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi "Bolalarga, bemorlar hamda doimiy ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish kurslarini tugatgan malakali mutaxassislar to‘g‘risida"gi ro‘yxatni e'lon qildi. Ro‘yxatda jami 2446ta band bo‘lmagan shaxslar mutaxassis sifatida tayyorlanganlgi haqida batafsil ma'lumot keltirilgan. Batafsil ma'lumot uchun quyidagi havolani bosing.


Chop etilgan sana: 05/11/2022