
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn institutida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun seminar – trening tashkil qilindi
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi www.ishplus.uz loyiha koordinatorlari 2023-yil 17-may kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn institutida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun seminar – trening tashkil qildi.
Treningda 20 ta nogironligi bo‘lgan talabalar ishtirok etishdi. Talabalar va ularning ota-onalari, o‘qituvchilar tomonidan iliq kutib olingan ishplus loyiha surdotarjimon hamda koordinatorlar va kutilgan hamda kutilmagan savollarga to‘liq javob berishdi. Trening qatnashchilari orasida zaif eshituvchilar va ularning ota-onalari savol-javoblarda faollik bilan qatnashib, hattoki ular nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashishdagi huquqlarini bilmasliklarini angladik.
Trening o‘tkazishdan asosiy maqsadimiz: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish va shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat huquqlari borasidagi imtiyozlar haqida tushuncha berish rezyume yaratish va ish izlashning samarali usullaridan foydalanish shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarni www.ishplus.uz veb-portalidan foydalanish haqida talabalarga maʼlumot berish. Bilamizki, www.ishplus.uz rekruting veb - portali xizmatlari.
Ish beruvchilarga:
- Munosib nomzod topib berish,
- Konsultatsiya berish,
- Ish joyini moslashtirishda yordam berish (sharoitlar monitoringi),
- Seminar trening o‘tkazish.
Ish izlovchilarga:
- Munosib vakansiyalar, amaliyot va o‘quv kurslarni topishda yordam berish,
- Ish topishda yordam berish (rezyume tayyorlash, intervyuga tayyorlash),
- Mehnat huquqlarini himoya qilish,
- Mehnat kuzatuvini amalga oshirish, kabi bir qancha yo‘nalishlarni o‘z oldiga vazifa qilib olgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mehnat qonunchiligida belgilangan huquq va imtiyozlar. Shuningdek samarali ish izlash, o‘z rezyumeylarini yaratish ochiq mehnat bozorida o‘zlariga mos bo‘lgan ish o‘rnini topish, Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan mehnat huquqlari va imtiyozlari, Rezyume yaratish va ish izlashning samarali usullari mavzularida qizg‘in bahs - munozaralar olib borildi. Zaif eshituvchi ishtirokchilarga taʼlim muassasalarida surdotarjimonlar yetishmasligi, bilim va maʼlumot olish boshqa turdagi insonlarga qaraganda qiyinligi sababdan rezyume nima ekanligini bilishmasligi va uni qay tartibda yozilishi kerakligini bilishmagani bizni hayron qoldirdi. Rezyume yaratishni bosqichma - bosqich o‘rgatildi.
Trening davomida ishtirokchilar orasida bir necha qiziq savollar ham uchradi: zaif eshituvchilar bitirgandan so‘ng maxsus maktab internatlarda o‘qituvchi bo‘lib dars berishga huquqlari bormi? - degan savollar va shuningdek hozirgi kunda malaka oshirishi yaʼni pedagogik soha uchun qanday imtiyozlar bor? - degan savollar bo‘ldi. Eng dolzarb savollardan biri bu maktab yaʼni (o‘rta taʼlim) va kollejda (o‘rta maxsus taʼlim ) hamda oliy taʼlimda imo - ishora tili tarjimoni yo‘qligi tufayli o‘quvchi va talabalarning saviyasi juda pastligini aytib o‘tishdi.
Trening so‘nggida ishtirokchilar tomonidan Taʼlim muassasalarida imo - ishora tili tarjimonlari bo‘lishi va boshlang‘ich sinflardan imo - ishora tili o‘rgatilishi, har bir tashkilotlarda zaif eshituvchilar uchun alohida shtatlar ochilishi, magistraturada o‘qish uchun imtiyozlar berilishini taklif sifatida aytib o‘tishdi.
