
“Gulsaroy” mahallasidagi kar va zaif eshituvchi ish izlovchilar uchun “Ish Plus” loyihasining navbatdagi treningi bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 20-iyun kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Gulsaroy” mahallasida yashovchi kar va zaif eshituvchi ish izlovchilar uchun www.ishplus.uz loyihasining navbatdagi treningi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda rezyume tayyorlash, ish beruvchi bilan suhbatda ishtirok etish, ish topishning samarali usullari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Xabaringiz bor, www.ishplus.uz loyihasi Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashishlariga ko‘maklashib kelmoqda. Ammo so‘nggi vaqtlarda ish izlovchilarning ishga joylashish ko‘nikmalari qoniqarli emasligi ish beruvchilar tomonidan turli noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
Shu sababdan www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali xodimlari ish izlovchilar uchun yumshoq ko‘nikmalarni shakillantirish, xususan rezyume tayyorlash, ish beruvchi bilan suhbatda ishtirok etish, ish topishning samarali usullari mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.
Trening 15 dan ortiq eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etishdi. Aksariyat eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar shaxsan o‘zlari rezyumelarini to‘ldira olmasliklarini aytib o‘tishdi. Bunga sabab, zaif eshituvchilar maxsus maktab-internatlarida internet-texnologiya darsliklari fan sifatida o‘tilmasligi katta muammo ekanligini aytib o‘tishdi.
Treningda ish izlovchilar tomonidan so‘ralgan va taklif qilingan takliflar online ishlar ya‘ni uydan chiqmagan holda qo‘l mehnatiga doir ishlar va ko‘proq yotoqxonasi bor tashkilotlardan vakansiyalar joylanishini ta‘kidlashdi.


