Yangiliklar

www.ishplus.uz ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi

24 iyun «Yuksalish» umummilliy harakati konferens-zalida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta'minlash uchun www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portalini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

O'zbekistonda 630 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslar rasmiy ravishda royxatdan otgan va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma'lumotlariga ko'ra, ulardan 162,2 ming nafari mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarish uchun layoqatga ega” deb tan olingan. Shu bilan birga, 2020 yil holatiga ko‘ra mehnatga layoqatli turli xil nogironligi bo‘lgan kishilarning atigi 21,1 ming nafari yoki 13 foizigina rasmiy ravishda ish bilan ta'minlangan.

 

2019 yilda BMTning O‘zbekistondagi vaziyat tahlili shuni ko‘rsatdiki, mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bor shaxslar soni 346 084 kishini tashkil qilib ularnining atigi 7,1% rasmiy ravishda ish bilan ta'minlangan. Nogironligi bor shaxslarning ish topish ehtimoli nogironligi bo‘lmagan shaxslarga qaraganda qariyb 4 baravar kamroq. Qishloq joylarda esa nogironlarning atigi 5,8% ish bilan ta'minlangan bo‘lib, nogironligi bor ayollarning ahvoli erkaklarnikiga qaraganda ancha yomonroqayollarning atigi 4,4% va ekrkaklarning 8,9% ish bilan ta'minlangan.

 

Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning atigi 2% ish bilan ta'minlangan, bu esa mas’ul idoralarning ushbu sohadagi ishi qoniqarsizligidan dalolat beradi. COVID-19 pandemiyasi va qat'iy karantin choralari vaziyatida mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa nogironligi bor ayollar va yoshlarni ish bilan ta'minlash masalasi yanada dolzarb muammoga aylandi.

 

Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi qonuni nogironlik belgisi bo'yicha kamsitishni taqiqlashiga qaramay, turli shakldagi nogironligi bo'lgan shaxslar salbiy stereotiplar va ish topishda turli xil to'siqlariga duch kelishmoqda. Ya'ni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning eng dolzarb va o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biri bu ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash va ochiq mehnat bozorida ishga joylashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishdir.

 

Ushbu muammolarga innovatsion va inklyuziv yechim sifatida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi (nodavlat notijorat takshiloti) YuNISEF, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tomonidan amalga oshirilayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimini yaxshilash qo‘shma dasturi doirasidagi kichik miqyosli grant ko‘magi asosida “Maxsus rekruting veb-portali (www.ishplus.uz) orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan taminlash” loyhasini amalga oshirmoqda.

 

Loyihaning asosiy milliy hamkorlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi, Ozbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi va CENTIL advokatlik firmasi. EXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori "SHAROIT PLYUS" NNT tashabbusini qo'llab-quvvatlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta'minlash uchun maslahatchi va yurist yolladi va loyihani yaqin hamkori sifatida qatnashdi.

 

www.ishplus.uz portalining asosiy vazifasi bir tomondan mehnatga layoqatli va ish izlashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ish topishda yordam berish, va ikkinchi tomondan ish beruvchilarga malakali nogironligi bo‘lgan xodimlarni topishda ko‘maklashish. Portal orqali nogironligi bo‘lgan shaxslardan murojaatlarni qabul qilish (onlayn tarzda rezyume shaklini to‘ldirish va telefon orqali sherik maslahati hizmatini olgan holda rezyume tayyorlash). Shunday qilib ish izlovchilar ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.

 

Natijada, www.ishplus.uz rekruting portalida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ochilgan vakansiyalar va amaliyotlar (stajirovkalar) ma'lumot bazasini shakillantiriladi. Ya'ni www.ishplus.uz nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish rekruting agentligi vazifasini o‘z zimmasiga olib ochiq mehnat bozorida vositachi – ish beruvchilarga nogironligi bo‘lgan kadrlarni izlash va tanlashda xizmatlar ko‘rsatish va ish qidiruvchilarga ish qidirish va ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek boshqa tegishli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat.

 

Bundan tashqari, portal orqali ish beruvchilarga nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida maslahat (konsalting) hizmatlarini ko‘rsatgan holda ulardan maxsus vakansiyalarni ochishga undash hamda qonunga muvofiq 3% kvotani amalga oshirish majburiyatlari bilan batafsil tanishtirish va aks holda mamuriy javobgarlikka tortilish ehtimoli mavjudlligi haqida tushuntirish ishlari olib borilyapti.

 

Portal nafaqat ularga ish topish, balki nogironligi bo‘lgan shaxslar ochiq mehnat bozorida ishga joylashganlaridan so‘ng ularning ish joyidagi moslashuvini ta'minlash uchun sherik maslahati hizmatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish qidirish bo‘yicha xizmatlar bepul taqdim etiladi.

 

Ushbu loyihaning innovasion afzalliklaridan biri bu barcha ish topish va ochiq mehnat bozorida moslashish buyicha ijtimoiy hizmatlar onlayn tarzda yoki telefon va ijtimoiy tarmoqlar (Telegram bot) orqali amalga oshiriladi. COVID-19 pandemiyasi vaziyatida, ishga joylashish bo'yicha barcha xizmatlarni onlayn tashkil etish nogironligi bolgan shaxslar uchun kasallik xavfini ham kamaytiradi.

 

Portalda turli shakldagi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun maxus imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib veb-sayt interfeysi ko‘zi ojiz foydalanuvchilar uchun moslashtirilgan. Muhimi, portalda taklif qilinayotgan barcha ijtimoiy hizmatlar ochiq mehnat bozorida ishga joylashish bo‘yicha yetarli tajribaga ega nogironligi bo‘lgan hodimlar tomonidan amalga oshirilyapti. Loyiha hozir sinov tariqasida Toshkent shahrida amalga oshirilmoqda va keyinchalik butun respublikamiz bo‘ylab amalga oshirish rejalashtirilgan.


Tadbir yozib olingan videosini ko‘ring:



Chop etilgan sana: 25/06/2021