Yangiliklar

Yakkasaroy tumani “INSON” ijtimoiy xizmatlari markazi binosida ham ishplus.uz loyihasi o‘z ish faoliyatini boshladi

Xabaringiz bor, Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy buyurtmasi asosida ishplus.uz loyihasini 2024-yil 1-maydan boshlab Toshkent shahrida amalga oshirishni davom ettiryapmiz.

Hozirgi kunga qadar, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlari “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ishplus.uz loyihasi faoliyati yuritib kelayotgan edi. 2024-yil 3-iyundan oyidan boshlab Yakkasaroy tumani “INSON” ijtimoiy xizmatlari markazi binosida ham ishplus.uz loyihasi o‘z ish faoliyatini boshladi. Yakkasaroy Ish Plus ofisi xodimlari Yakkasaroy, Chilonzor, Sergeli va Yangi Hayot tumanlarida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga xizmat ko‘rsatishadi:

  • Madina Po‘latova — Ish izlovchilar bilan ishlovchi koordinator;
  • Abdurahmon Akramov — Ish beruvchilar bilan ishlovchi koordinator;
  • Jahongir Tillayev — O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni.

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, O‘rikzor 2-tor ko‘chasi, 45-uy.

Lokatsiya: https://yandex.ru/maps/-/CDbmRP4f

Olmazor Ish Plus ofisi xodimlari Olmazor, Shayxontohur, Yunusobod va Uchtepa tumanlarida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga xizmat ko‘rsatishadi:

  • Sarvar Hasanov — Ish izlovchilar bilan ishlovchi koordinator;
  • Yulduz Nig‘monova — Ish beruvchilar bilan ishlovchi koordinator;
  • Go‘zal Raxmatullayeva — O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li 1

Lokatsiya: https://g.co/kgs/LYUfNUh

Mirzo Ulug‘bek Ish Plus ofisi xodimlari Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod va Bektemir tumanlarida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga xizmat ko‘rsatishadi:

  • Shaxodat Yo‘ldosheva —  Ish izlovchilar bilan ishlovchi koordinator;
  • Matluba Abdurahimova — Ish beruvchilar bilan ishlovchi koordinator;
  • Shaxnoza Abduvaliyeva — O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni.

Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Yahyo Gulamov ko'chasi, 38-uy

Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/vQASXBH4GchcjfiB6 

 Ish Plus ma‘lumot xizmati: +998 (90) 818-07-08



Chop etilgan sana: 13/06/2024