Yangiliklar

1-sonli kasb-hunar maktabida www.ishplus.uz portali taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2021-yil 18-sentyabr Toshkent shahridagi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli kasb-hunar maktabida www.ishplus.uz portali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha mutaxassislari nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish bo'yicha o‘quvchilarning savollariga javob berishdi.

Tadbir davomida www.ishplus.uz portalidan samarali foydalanish usullari va nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun portalda yaratilgan imkoniyatlar boyicha loyiha koordinatori Aziz Abdullayev, loyiha menejeri Ulug'bek Mamatxanov va loyiha amaliyotchisi Farrux Jumanazarovlar seminar-trening olib borishdi.

Seminar-trening ishtirokchilarga maktabni bitirgandan so‘ng o‘zlariga munosib ish topishlar uchun maxsus portalimizda ro‘yxatdan o‘tish va rezyume tayyorlash hamda portal orqali vakansiyalar (bo‘sh ish o‘rinlari) izlashning va ish beruvchilar bilan muloqot qilishning samarali usullari bo‘yicha amaliy bilib va ko‘nikmalar bilan bo‘lishildi.


Taqdimot yakunida kasb-hunar maktabi bitiruvchilarnining mehnat masalalariga oid turli xil savollariga huquqiy javoblar ham berildi.


Chop etilgan sana: 18/09/2021