Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan shaxsga ishsizlik nafaqasi beriladimi?

www.ishplus.uz loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat masalalari bo‘yicha sizning savollaringizga bizning mutaxassislarimiz javob berishadi.

SAVOL:
Bolalikdan nogironligi bor, I va  II guruh nogironligi bor shaxsga ishsizlik nafaqasi beriladimi?

❗️JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi “Axoli bandligini to‘g‘risida”gi qonunining 45-moddasiga binoan, shu jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta'minoti huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (pensiya turidan qat'iy nazar) ishsiz deb e'tirof etilmaydi.  Pensiya ta'minoti huquqiga O‘zbekiston Respublikasi  “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi qonunga binoan, shuningdek, I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslar egadirlar.  
Shu qonunning 47-moddasida ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari belgilangan, ya'niy, ishsizlik nafaqasi to‘lanishi; mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to‘lanishini va shu davr umumiy mehnat stajiga qo‘shilishini ko‘zda tutilgan. 
Yuqoridagi moddalarga binoan, I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslar ishsiz deb e'tirof etilmasliklari sababli, ularga 47-moddada ko‘rsatilgan ishsizlik nafaqasi belgilanmaydi, va shuningdek, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya ham belgilanmaydi.

Yulduzxon Umarbekova, www.ishplus.uz loyihasi yuristi


Diqqat! Agar sizda biron bir savol bo‘lsa, Telegramdagi @ishplus_bot ga yuboring va mutaxassislarimiz sizga aniq javob berishadi!

O‘z mehnat huquqlaringizni biling! Sizni nogironlik belgisi bo‘yicha ish beruvchi kamsitishga haqqi yo‘q. Agar sizning huquqingiz poymol etilgan bo‘lsa, biz sizga yuridik maslahat berishimiz va huquqlaringizni himoya qilishimiz mumkin.


Chop etilgan sana: 22/08/2021