Nogironligi bor shaxslarni qo'shish (inklyuziyasi) bo'yicha BMT Ko'ngillilari milliy mutaxassisi

Chop etilgan sana:
01.07.2021
12:01
Toshkent sh.
Ko'rsatilmagan
Ish yuritish sohasi:
Nogironlik belgilari:
| Jismoniy nogironlik | | Ko‘rish bo‘yicha nogironlik | | Eshitish bo‘yicha nogironlik | | Aqliy nogironlik | | Ruhiy nogironlik |
Talablar:

Faqat nogironligi bo'lgan nomzodlar ko'rib chiqiladi

Talab qilinayotgan ma'lumot darajasi:

Bakalavr darajasi yoki unga tenglashtirilgan daraja

Ta'lim bo'yicha qo'shimcha sharhlar:

Ijtimoiy fanlar (ya'ni sotsiologiya, demografiya, psixologiya, siyosatshunoslik, ijtimoiy siyosat yoki iqtisodiyot), sog'liqni saqlash, davlat siyosati, davlat boshqaruvi, xalqaro rivojlanish yo'nalishlari bo'yicha bakalavr darajasi

Nogironligi bor shaxslarning inklyuziyasi bo'yicha ilmiy malakaga ega bo'lish kuchli ustuvorlikni ta'minlaydi.

Kerakli tajriba:

24 oy

Tajriba haqida eslatma

Kamida 2 yillik muttasil mas'uliyatli kasbiy tajriba va nogironlig bor shaxslarning inklyuziyasi bo'yicha muhim dasturiy ta'minot va / yoki tadqiqotlar olib borganligi va ularga rahbarlik qilganligi haqidagi tajribasi.

Nogironlikka aloqador dasturlash bo'yicha dasturlarni / loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish, boshqarish va tatbiq qilish tajribasi.

Til ko'nikmalari:

Rus tili (majburiy), talab qilinadigan daraja - ravon

Ingliz tili (majburiy emas), talab qilinadigan daraja - ravon

Mutaxassislik sohasi

Boshqa rivojlanish dasturi / loyiha tajribasi

Tajriba tafsilotlari

Nogironligi bor shaxslarning inklyuziyasiga tegishli bo'lgan sohalardan birida malaka va tajribaga ega bo'lish.

Haydovchilik guvohnomasi


Ish vazifalari:

Vazifaning tavsifi

Vakolatxona rahbari o'rinbosarining bevosita rahbarligi ostida BMTning ko'ngillisi nogironlik boyicha masalalarni ustuvorligini dasturlash va monitoring qilish uchun sifatli tadqiqotlar o'tkazish, ko'rib chiqish va ma'lumotlarni tahlil qilish yo'li orqali dasturning barcha tadbirlariga nogironligi bor shaxslarni inklyuziyasini samarali intergratsiyalash uchun institutsional va dasturiy mexanizmlarni yaratishda vakolatxona rahbari o'rinbosari, gender va inklyuziya bo'yicha mutaxassis va dasturlarni qo'llab-quvvatlaydi.

Asosiy funktsiyalar / javobgarliklarning qisqacha mazmuni:

1. Maslahat xizmatlari va texnik yordam

• Nogironlikni qo'shish dasturining jihatlari bo'yicha texnik ko'mak va ko'rsatmalar berish va tegishli ko'rsatqichlar va choralarni dasturlarga / loyihalarga, siyosiy tashabbuslarga, takliflarga va M&B tizimlariga kiritishni ta'minlash.

• Mamlakat tomonidan qabul qilingan nogironlik bo'yicha xalqaro va mintaqaviy majburiyatlar, shu jumladan, mamlakat idorasining nogironlikni qamrab olish strategiyasi va harakat rejasini ishlab chiqish to'g'risida hisobot berish va kuzatishda texnik ko'mak va targ'ibot ishlarini olib borish.

2. Dasturni ishlab chiqish va rejalashtirishni qo'llab-quvvatlash

• Nogironlik bo'yicha dalillarga asoslangan dastur / loyihani rejalashtirishda ishtirok etish va qo'llab-quvvatlash, shu jumladan loyiha takliflarini ishlab chiqish.

• Dasturning tarkibiy qismlariga nogironlikka aloqador bo'lgan institutsional mustahkamlovchi strategik eslatmalar va komponentlarning integratisyasi bo'yicha texnik yetakchilikni ta'minlash.

• Tarmoqdagi hamkasblar va yuqori darajadagi rahbariyat bilan hamkorlikda nogironlik bo'yicha dasturlash / loyihalashtirish uchun ta'sir doirasi va ko'lami uchun eng katta imkoniyatlarga ega bo'lgan yo'nalishlarni aniqlash.

3. Dastur boshqaruvi, monitoring va natijalarga erishish (favqulodda vaziyatni inobatga olgan holda)

• Nogironlikni ustuvor yo'nalishlari boyicha ko'rsatkichlarni aniqlash, o'lchash va ishlashini kuzatish.

• Nogironligi bor shaxslarni qo'shish (inklyuziyasi) bo'yicha asosiy dasturiy natijalar bo'yicha tarmoqlararo hamkorlikda va muvofiqlashtirishda, shu jumladan UNSDCF natijalari guruhlarida qatnashish.

• Idoralararo darajadagi tegishli muvofiqlashtiruvchi organlarda ishtirok etish va nogironligi bor shaxslarni qo'shish (inklyuziyasi) bo'yicha idoralararo qo'shma dasturlarni qo'llab-quvvatlash.

4. Targ'ibot-tashviqot ishlari va sheriklikni rivojlantirish 

• Nogironlikka aloqador dasturlash bo'yicha yaqinlashishni qo'llab-quvvatlash va hamkorlikni rivojlantirish, va mustahkamlash uchun bo'limlar bilan bog'lanish va maslahatlashish.

• Gender tenglik va nogironlik inklyuziyasi bo'yicha har xil sheriklar bilan, shu jumladan BMT agentliklari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan institutsional aloqalarni ta'minlash bo'yicha strategik alyanslarni qurish va qo'llab-quvvatlash.

• Belgilangan ustuvor yo'nalishlarda mamlakat darajasida tegishli natijalarga erishishni tezlashtirish uchun potentsial yangi sheriklikni xaritalashni qo'llab-quvvatlash va mavjud sherikliklardan foydalanish.

5. Innovatsiyalar va bilimlarni boshqarish

• Ichki tarmoq va tashqi sheriklar bilan baham ko'riladigan va Janubga-Janub hamkorligi uchun foydalaniladigan nogironlikka aloqador dasturlash va olingan saboqlar bo'yicha mamlakat miqyosidagi tajriba va hujjatlashtirishlarni qo'llab-quvvatlash.

• Nogironlikka aloqador dasturlash va o'lchash bo'yicha eng yaxshi tajribalarni yuqori rahbariyat va sektorlardagi hamkasblari e'tiboriga yetkazish.

Ish sharoitlari:

Mehnat sharoitlarini ta'minlash uchun oqilona qulaylik

BMT tizimi inklyuziv ish joyini yaratishni istaydi va nogironligi bor shaxslarni ish bilan ta'minlash va ko'ngilli kabi boshqa imkoniyatlardan oqilona turar joy bilan ta'minlash va teng foydalanish imkoniyatini ta'minlash uchun tegishli choralarni ko'rishga majburdir. Shu nuqtai nazardan, "oqilona turar joy" deganda, nogironligi bor kishilarga boshqa inson huquqlari bilan teng ravishda va asosiy erkinliklardan bahramand bo'lish yoki ulardan foydalanish huquqini ta'minlash uchun, muayyan holatda kerak bo'lganda, nomutanosib yoki ortiqcha yukni yuklamaydigan zarur va tegishli o'zgartirishlar va tuzatishlar tushuniladi.

[1] Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konventsiya, 2-modda BMTning xizmat ko'rsatish shartlari va huquqlari.

Bu BMTning ko'ngillilarining milliy topshirig'i bo'lganligi uchun, BMT ko'ngillilari o'zlarining uy-joylarini va boshqa hayotiy ehtiyojlarini ta'minlash uchun javobgar bo'ladi. BMTning Milliy ko'ngillilari tibbiy sug'urta rejasining bir qismidir. BMTning O'zbekistondagi Milliy mutaxassis ko'ngillilari oylik yashash uchun 764 AQSh dollarini oladilar. Amaldagi qaramog'ida bo'lganlar (asosiy oila birligi, 3tagacha) tibbiy sug'urta qilish huquqiga ega bo'ladi. BMT ko'ngillilari xizmat ko'rsatish shartlari va huquqlari haqida qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagilarga murojaat qiling: 

https://www.unv.org/become-volunteer/volunteer-your-country/conditions-service 

https://vmam.unv.org/calculator/entitlements   

Qo‘shimcha ma'lumot:

Ariza berish tartibi

Ushbu topshiriq BMT Ko'ngillilarining nogironligi bor shaxslarni qo'shish strategiyasining bir qismidir. BMT Ko'ngillilari 1) nogironligi bor shaxslarga BMTning ko'ngillilari sifatida xizmat qilish imkoniyatlarini taqdim etishga 2) butun dunyo bo'ylab BMT sheriklariga xilma-xillikni va nogironligi bor shaxslarni o'zlarining ishchi kuchlari tarkibiga qo'shilishini ta'minlashga imkon berishga; 3) milliy salohiyatga e'tibor bergan holda milliy va global darajada Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishga hissa qoshishi mumkin bolgan nogironligi bor malakali shaxslarning inson resurslarini (kadrlar resurslarini) yaratishga intiladi. Ushbu lavozimga faqat nogironligi bor nomzod murojaat qilishi mumkin. Agar ushbu lavozimga otish uchun nomzodlarning qisqa ro'yxatiga olingan bo'lsangiz, sizdan umumiy amaliyot shifokori yoki nogironlar tashkilotidan nogironligingizni tasdiqlovchi rasmiy hujjat nusxasi so'raladi.

Ariza berish tartibi

Iltimos, quyidagi havola orqali murojaat qiling. Agar sizni allaqachon VMAMda hisob qaydnomangiz bo'lsa yoki tizimga kirishingiz mumkin yoki "Nomzodni ro'yxatdan o'tkazish" orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Muhim:

O'zingizni nogiron deb hisoblaysizmi degan savolga o'zingizning profilingizda iltimos "ha" javobini tanlang. Agar tanlov jarayonida intervyu va baholashni osonlashtiradigan maxsus tadbirlarni talab qilsangiz, iltimos, buni profilingizdagi "maxsus izohlar" maydonida ko'rsating. Agar kirish imkoniyati cheklangan bo'lsa, iltimos, support@unv.org  elektron manziliga elektron pochta xabarini yozing. 

Arizalarni qabul qilish muddati: 2021 yil 8-avgust. 

Quyidagi havola orqali barcha hujjatlarni topshirish kerak: https://www.unv.org/vo/UZBR000215-9938