Ko'cha farroshi
-ish jarayonida vazifalarni mustaqil bajarishi.
-Tashkilotning hovli tozaligiga javob berishi.
-Ish vaqti: haftada 6 kun 8:00 dan 17:00 gacha.
Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 1962 yilda O'zbekiston Respublikasi onkologiya va radiologiya ilmiy-tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan. 2018 yildan-O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya markazi Respublika onkologiya xizmatining bosh muassasasi bo'lib, u 16 ta yirik saraton kasalliklari muassasalarini (shahar, viloyat, respublika dispanserlari), shuningdek tuman va shahar poliklinikalarida 232 ta onkologiya markazini qamrab oladi. Respublikada jami 2265 ta onkologik yotoq mavjud bo'lib, shundan 145 tasi bolalar davolanishi uchun mo'ljallangan.