Menyu  
Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash

Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari bo‘yicha yurist (0,5 stavkaga)

Yopilgan Jismoniy va ko‘rish bo'yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar, zaif eshituvchi shaxslar va nogironligi bo‘lmagan shaxslar uchun vakansiya
Ish haqi 7 000 000 so‘m
Ish grafigi 0,5 stavkaga (haftasiga 20 soat)

Vakansiya tavsifi

O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi doirasida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatish» davomiy loyihasini amalga oshirmoqda.

Talablar

  • oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lishi, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lishi olqishlanadi;
  • yuridik sohada kamida 3-yillik ish tajribasi;
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi olqishlanadi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlariga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va normativ hujjatlarni mukammal bilishi, shuningdek, BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasini mukammal bilishi;
  • Sudlarda mijozlar manfaatlarini himoya qilish (vakillik qilish) tajribasi;
  • Shartnomalar, da’vo arizalari, talabnomalar va boshqa yuridik hujjatlarni tayyorlash tajribasi;
  • o‘zbek va rus tillarini bilishi va savodxonlik (ingliz tilini bilishi olqishlanadi);
  • Ishni tashkil etish va ikki nafar yurist yordamchisi faoliyatini nazorat qilish ko‘nikmasi.
  • mas'uliyatlilik, stressga chidamlilik, mustaqil ishlash qobiliyati va vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;
  • Microsoft Office asosiy dasturlarida (Word, Excel) ko‘nikmalarga ega ishonchli kompyuter foydalanuvchisi;

Vazifalar

  • turli sohalarda (ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, tibbiy xizmat ko‘rsatish va reabilitasiya, uy-joy, tadbirkorlik, sud-huquq masalalari va boshqalar) nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish;
  • turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga hayotining turli sohalarida onlayn va oflayn huquqiy maslahatlar va amaliy huquqiy yordam berish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish jarayonlarida faol ishtirok etish, zarurat tug'ilganda ularning ishlarini sudga olib chiqish va sud jarayonlarida ishtirok etish;

Sharoitlar

  • rasmiy fuqarolik-huquqiy shartnomasi tuziladi;
  • moslashuvchan ish jadvali va masofadan ishlash imkoniyati;
  • to‘siqsiz va inklyuziv jamiyat yaratish missiyasi bilan ishlaydigan do‘stona va inklyuziv jamoa.

Faoliyat sohasi

Yuridik xizmatlar

Joylashuv

Yunusobod tumani, "Bobodehqon" mahalla fuqarolar yig‘ini yonida tashkilot bosh ofisida.

Vakansiyaga javob berish

Ushbu vakansiya Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun.