logo

Biz haqimizda

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2016 yil 29-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent shahar Adliya boshqarmasi tomonidan 661-son guvohnoma bilan davlat ro’yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkiloti (NNT).

Tashkilot yaratilishiga qisqa muddat bo‘lganiga qaramay, biz barcha uchun inklyuziv va to‘siqlardan holi jamiyat yaratish bo‘yicha bir nechta loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdik. 2020 yil dekabridan boshlab 2021 yil dekabriga qadar UNICEF, BMTTD va XMT tomonidan amalga oshirilayotgan BMTning O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani yaxshilash bo‘yicha Qo‘shma Dasturining grant ko‘magi bilan biz nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv ish bilan ta'minlash bo‘yicha ushbu loyihani amalga oshirishni boshladik.

Tavsifi

Ushbu “Maxsus rekruting veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash” loyihasining maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish joylari bilan ta'minlash va mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan nogironlarni ijtimoiy himoyasini oshirishdir. (16-59 yoshdagi erkaklar uchun va 16-54 yoshdagi ayollar uchun).

Ushbu maqsadga erishish uchun bizning ixtisoslashgan veb-portalimiz turli xil nogironligi bo‘llgan kishilarga munosib vakansiyalar (bo‘sh ish o‘rinlari), stajirovkalar (amaliyotlar) va kasbiy tayyorgarlik kurslarini topishda yordam beradi inklyuziv ish beruvchilar uchun – nogironligi bo‘lgan munosib xodimlarni jalb qilishda yordam beradi.

Portalda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va o‘quv kurslari e'lon qilingan. Ish izlovchilar ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘zlarining rezyumelarini yaratishlari mumkin. Loyiha koordinatorlarining o‘zlarida nogironlik holati, shuningdek, zarur ko‘nikma va tajriba bo‘lib har bir portal foydalanuvchisini alohida o‘rganish orqali ularning o‘z orzularidagi ishni topishga yordam berishadi.

Tashkilotimiz shuningdek, xususiy va davlat sektoriga maslahatlar beradi, nogironlik masalalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘g'ri munosabatda bo‘lish, ularni inklyuziv ish bilan ta'minlash, ular uchun ish joylarini moslashish, soliq imtiyozlari va preferensiyalr  va boshqa masalalar bo‘yicha turli xil treninglar va seminarlar o‘tkazadi.

Manzil

100114, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Hiyobon ko‘chasi, 43-uy.