Korzinka.uz

Toshkent sh. |
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Kichik xalqa yo'li 120
Telefon raqami: +998 (90) 818-07-08
Elektron pochta: jobs@korzinka.uz

Anglesey Food kompaniyasi 1996-yilda tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdoning “supermarket” shaklida faoliyat yuritishni boshlagan ilk tarmoqlardan biri sanaladi. Avvaliga kompaniya Anglesey Food brendi ostida “uy oldidagi doʻkonlar” formatida ish olib borgan. 2005-yilda olib borilgan rebrending siyosatini tarmoqning korzinka.uz brendi nomi ostida rivojlanishining ilk bosqichi sifatida tarixga kiritish mumkin.

Hech bir ikkilanishlarsiz korzinka.uz tarmogʻini xalqona savdo belgisi deyish mumkin. Har kuni doʻkonlarimizga oʻn minglab xaridorlar tashrif buyurishadi. Bu esa yana va yana yangi mijozlarni jalb etish yoʻlida tinimsiz izlanishimizga turtki beradi.  Xizmat koʻrsatish sifatini oshirish borasidagi muntazam ishlar, qulay narx siyosati, noyob sodiqlik tizimi dasturi xaridorlarimizning ishonchini mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi. Supermarketlarimizdagi mahsulotlar va nooziq-ovqat tovarlarining keng turi, kundalik aksiyalar, chegirmalar hamda degustatsiyalar mijozlarni jalb etishdagi asosiy omillardan sanaladi.

Ro‘yxatdan o‘tilgan sana: 12/07/2021
Bo‘lishish:

Tashkilot vakansiyalari:

Barcha vakansiyalar
Hali chop etilmagan
Yuridik ma'lumot
Tashkilot:
  MChJ "ANGLESEY FOOD"
STIR:
202099756
IFTUT:
Ko‘rsatilmagan