Olmazor yengil sanoat kasb-hunar ko'lleji

Toshkent sh. |
Olmazor tumani, Sebzor ko'chasi, 313-uy.
Telefon raqami: +998 (90) 818-07-08
Elektron pochta: info@ishplus.uz

Olmazor yengil sanoat kasb – hunar kolleji 1980yil 22 avgust 649 buyruq bilan o‘z faoliyatini boshlagan. 

Olmazor yengil sanoat kasb – hunar kolleji O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahbarligida uzluksiz taʼlim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning yorqin namunasidir. O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi qonunlari (1997) talablariga muvofiq o‘rta maxsus kasb – hunar taʼlimi sifati va samaradorligini oshirish maqsadida 2001 yilda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan kollej maqomi berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”06.09.2019 yildagi PF-5812 sonli farmoniga asosan Olmazor Yengil sanoat kasb-hunar kolleji, Olmazor Yengil sanoat kolleji bo‘lib qoldi.

Kollejda nazariy darslarni o‘tish uchun meʼyoriy talablar darajasida jihozlangan xonalari zamonaviy mebelʼ, kompyuter texnikasi va o‘quv - metodik vositalar bilan jihozlangan. Kompyuter ko‘rgazmali qurollar bo‘lib, darslarda video slayd va jadvallar hamda  ko‘rgazmali qo‘llanmalardan samarali foydalangan holda dars mashg‘ulotlari olib boriladi.

Ro‘yxatdan o‘tilgan sana: 03/01/2022
Bo‘lishish:

Tashkilot vakansiyalari:

Barcha vakansiyalar
Hali chop etilmagan
Yuridik ma'lumot
Tashkilot:
  Olmazor yengil sanoat kasb-hunar ko'lleji
STIR:
204918382
IFTUT:
Ko‘rsatilmagan