Ohangaron tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi
Toshkent viloyati
|
Ohangaron tumani, Nurabod, shaharchasi.
Ohangaron tumani, Nurabod, shaharchasi.
Telefon raqami: +998 (90) 818-07-08
Elektron pochta: info@ishplus.uz
Sayt: Ko‘rsatilmagan
quyidagilar tashkilot vazifalariga kiradi:
sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli kasalliklar tashxisi bo‘yicha laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, mazkur yo‘nalishda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga oshirish, bu boradagi ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirish, soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, oziq-ovqat xomashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;
sohaga oid davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga qo‘yiladigan majburiy talablarga taalluqliligi bo‘yicha maxsus ekspertizalar tayinlash va o‘tkazish;
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va tibbiy profilaktika bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat va idoraviy tibbiyot statistikasini yuritish, to‘plash, tahlil qilishiga uslubiy rahbarlik qilish, aholi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish va qonunbuzilish holatlari aniqlanganda qonunchilikda belgilangan choralarni qo‘llash.
2. Belgilansinki, Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning tizimidagi tashkilotlar o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash;
yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirish;
inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklar tarqalishi yoxud texnogen yoki tabiiy xususiyatga ega halokat sodir bo‘lishi real xavfi vujudga kelganda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar obyektlarda tekshirishlar o‘tkazish;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilganligi aniqlangan holatlarda litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalarini hal qilish yuzasidan tegishli organlar va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish;
yuridik va jismoniy shaxslarga nazorat obyektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf qilish uchun mos ravishda, ammo oltmish kundan ortiq bo‘lmagan muddatni belgilagan holda, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini laboratoriya-instrumental usulini qo‘llagan holda o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatgacha tekshiruvdan o‘tkazish hamda tekshiruvdan o‘tkazishga beg‘araz ekspert yoki mutaxassis sifatida laboratoriya xodimlarini jalb qilish;
favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelganda, ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilganda (davolash muassasasi xabari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va boshqa hollarda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish;
Yuridik ma'lumot
Tashkilot:
Ohangaron tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi
STIR:
Ko‘rsatilmagan
IFTUT:
Ko‘rsatilmagan
Kompaniyalar haqidagi sharhlar
Bu kompaniya haqida hali fikr-mulohazalar mavjud emas.
