Boshlang'ich kompyuter savodxonligi

Chop etilgan sana:
13.11.2025
16:25
Nogironlik belgilari:
| Ko‘rish bo‘yicha nogironlik |
Ta'lim shakllari:
| Guruh bilan |
Ta'lim davri:
3 oy
Ta'lim tili:
O'zbek tili
Qo‘shimcha ma'lumot:

⚡️Respublika Markaziy ko'zi ojizlar kutubxonasi ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lgan shaxslar uchun noldan kompyuter savodxonligini o'rgatadigan o'quv kursini taklif etadi.

Yangi guruhlarga qabul boshlanganligini e'lon qiladi.

Kursda o'qish BEPUL.

Darslar haftada 3 marta, 2 soatdan bo'lib o'tadi.

Kursda boshlang'ich kompyuter savodxonlik bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lasiz.

Kompyuterlarga NVDA ovozli dasturi o'rnatilgan.

Kutubxona zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan.

Dars xonasi kutubxona binosi 2 qavatining 3-xonasida joylashgan.

Diqqat! Ushbu kurslar ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan.