Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi

Chop etilgan sana:
29.07.2021
14:00
Toshkent sh.
Tashkilot: VTCT.UZ
Bepul
Ish yuritish sohasi:
Nogironlik belgilari:
| Jismoniy nogironlik |
Ta'lim shakllari:
| Guruh bilan | | Kunduzgi |
Ta'lim davri:
8 oy
Ta'lim tili:
O'zbekcha
Qo‘shimcha ma'lumot:

Kurs haqida:

Ushbu kasb bo‘yicha mehnat bozoriga, xususan, metallurgiya sanoatiga tokarlar, frezerovkachilar, dasturlashtirilgan dastgohlar bo‘yicha dasturchi-operatorlar yetkazib berilmoqda. Undan tashqari bu yo‘nalishda ko‘ptarmoqli payvandchilar ham kasbga o‘qitiladi.

Bugungi kunda korxonalar tomonidan bitiruvchilarga talab borgan sari ortib bormoqda. Qolaversa, nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa davlatlardan ham bitiruvchilarga talabgor korxona va tashkilotlar soni ortgan.

Toshkent shaxridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

O'qish muddati

Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.

Stipendiya

Markazda o‘qiyotgan talabalar uchun 6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq stipendiya beriladi.

Kursga ariza berish tartibi:

Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

- ariza, pasport (asli va nusxasi),

- ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi,

- tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma, 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.

Hujjatlar 2021 yil  15 iyuldan 15 avgustgacha qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8 a mavzesi. 

Murojaat uchun telefonlar: (+998) (71) 251-19-03, +998 (33)123-98-75

Telegram bot: @vtctqabul_bot