Imo ishora tili tarjimoni

Chop etilgan sana:
25.10.2024
13:09
Toshkent sh.
Bepul
Ish yuritish sohasi:
Nogironlik belgilari:
| Jismoniy nogironlik | | Eshitish bo‘yicha nogironlik | | Nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasi |
Ta'lim shakllari:
| Guruh bilan |
Ta'lim davri:
3 oy
Ta'lim tili:
O'zbek tili
Qo‘shimcha ma'lumot:

⚡️ Kreativ yondashuv!  Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi sizni yangi ochilgan "Imo-ishora tili tarjimonligi" o`quv kursiga taklif etadi.

2024-yil uchun  guruhlarga qabul boshlanganini e'lon qiladi.

Kursda o'qish BEPUL va bitiruvchilarga sertifikatlar beriladi.  

Kursga nogironligi bo`lgan ishsiz shaxslar aholi bandlikka ko'maklashish markazlari taqdim etgan yo`llanma asosida qabul qilinadi.

💰 Kurs yakunlangandan so'ng, bandlikka ko'maklashish markazi tomonidan uch oylik  stipendiya beriladi.

Arizalar yo`llanma olingan kundan boshlab qabul qilinadi.

✅ Siz 3 oylik "Imo-ishora tili tarjimonligi" o'quv kursida nimalarni o'rganasiz? 

- Daktil alifbosini to'liq o'rganish va harflar orqali so'zlar yasash ko'nikmasiga ega bo'lish.

- Qo'shiqlarni,matnlarni imo-ishora tilida tushuntira olish.

- Imo-ishora tilida muloqotga kirisha olish.