Avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish

Chop etilgan sana:
13.01.2022
13:02
Toshkent sh.
Tashkilot: VTCT.UZ
Bepul
Ish yuritish sohasi:
Nogironlik belgilari:
| Jismoniy nogironlik | | Eshitish bo‘yicha nogironlik |
Ta'lim shakllari:
| Guruh bilan | | Kunduzgi |
Ta'lim davri:
8 oy
Ta'lim tili:
O'zbekcha
Qo‘shimcha ma'lumot:

Kurs haqida:

Ushbu kasb bo‘yicha mehnat bozoriga, hususan,  O‘zbekiston avtomobil' sanoatiga va xududlardagi xususiy ustaxonalarga avtomobil' dvigatellariga, shassisiga texnik hizmat ko‘rsatish va ta'mirlash chilangarlari, avtomobil' kuzov ishlari bo‘yicha chilangarlar, avtomobilning elektr qismini ta'mirlovchi chilangarlar va diagnostikachilarini yetkazib berilmoqda.

Toshkent shaxridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Bitiruvchilarning aksariyati o‘z xududlarida  o‘zlari avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xususiy ustaxonalar ochishga muvaffaq bo‘lishgan.

O'qish muddati

Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.

Stipendiya

Markazda o‘qiyotgan talabalar uchun 6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq stipendiya beriladi.

Kursga ariza berish tartibi:

Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

- ariza

- pasport (asli va nusxasi),

- ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi,

- tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma,

- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.

Hujjatlar 2022 yil  15-yanvardan 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8 a mavzesi. 

Murojaat uchun telefonlar: (+998) (71) 251-19-03, +998 (94) 660-88-03

Telegram bot: @vtctqabul_bot