
"Ish Plus" loyihasi koordinatorlari Sergeli tuman “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazida ish izlovchilarga xizmat ko‘rsatishdi
2024-yil 11-sentyabr kuni Sergeli tumani “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazida Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun “Ish Plus” loyihasi koordinatorlari va O‘zbek imo-ishora tili tarjimonlari xizmat ko‘rsatishdi.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan joriy yildan nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandlik masalalariga alohida e‘tibor qaratila boshladi. Xususan, bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘plab muhim loyihalarni amalga oshirib kelmoqda, ayni shunday muhim loyihalardan biri Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “Ish Plus” loyihasi bilan hamkorlikda ijtimoiy buyurtma asosida amalga oshirib kelmoqda.
www.ishplus.uz loyihasi koordinatorlari Abdurahmon Akramov, Madina Po‘latova hamda o‘zbek imo-ishora tili tarjimoni Asilbek Anvarjonovlar Sergeli tumani “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazida, mazkur tumanda yashovchi 5 nafar nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar bilan bandlik masalalaridagi turli xil muammolarni atroflicha o‘rganish hamda muammolarni joyida hal qilish maqsadida suhbatolib borishdi.
Suhbatning o‘zidayoq 3 nafar ish izlovchilar koordinatorlar tomonidan ish beruvchilar bilan suhbatga, 2 nafar ish izlovchi esa, “Ishga marhamat” monomarkazidagi kasb-hunar kurslariga yo‘naltirildi.
Suhbat so‘nggida “INSON” ijtimoiy xizamatlar markazi Sergeli tuman bo‘linmasi direktori Elyor G‘oipov o‘z tashakkurlarini aytib, mana shunday maanfatli uchrashuvlarni tashkil etishda jamoalari bilan yordamlarini ayamasliklarini aytdib o‘tdilar. www.ishplus.uz loyihasi koordinatorlari shaxsan o‘zlari va loyiha rahbariyati nomidan samimiy va iliq munosabat hamda yaratib berilgan qulay sharoit uchun, chuqur minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi faoliyatimizda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni kelishib olishdi.
