Yangiliklar

“Ish Plus” loyihasi koordinatorlari Chilonzor tumani, “Diyor” M.F.Y binosida ish izlovchilarga xizmat ko‘rsatishdi

2024-yil 25-sentyabr kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani  “Diyor” M.F.Y da, mazkur tumanda istiqomat qiluvchi 10 ga yaqin nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun “Ish Plus” loyihasi koordinatorlari va O‘zbek imo-ishora tili tarjimonlari xizmat ko‘rsatishdi.

Bugungi kunda, ishplus.uz loyihasi Toshkent shahrida yashovchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun o‘zlariga munosib ish o‘rinlarini topishda haqiqiy ko‘makchiga aylanib bormoqda. Buning isboti sifatida, koordinatorlar Abdurahmon Akramov, Madina Po‘latova va  O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni Asilbek Anvarjonovlar Chilonzor  tumani “Diyor” M.F.Y da, mazkur tumanda yashovchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun tashkil etilgan qabulda 10 ga yaqin ish izlovchilarning kelishgani, hamda ulardan 4 nafari ishplus.uz veb-portalidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, rezyume shakllantirildi. 3 nafari ish beruvchi bilan bog‘lab berildi va ishga yo‘naltirildi. 1 nafari esa, “Ishga marhamat” monomarkazi kompyuter savodxonligi kursiga yo‘naltirildi.

Shuningdek, koordinatorlar ish izlovchilarga munosib ish o‘rinlarini topish va ish beruvchilar bilan suhbatda yaxshi taassurot qoldirish bo'yicha bir necha keyslar bilan o‘rtoqlashishdi. Qabul so‘nggida ish izlovchilarga tashriflari uchun minnatdorchilik bildirib, taklif va tavsiyalarni o‘rganish uchun koordinatorlar muhokamasida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilinishini bildirib o‘tishdi. Shu bilan bir qatorda, koordinatorlar ish izlovchilarga munosib ish o‘rinlarini topish va ish beruvchilar bilan suhbatda yaxshi taassurot qoldirish bo'yicha bir necha keyslar bilan o‘rtoqlashishdi.

Qabul so‘nggida ish izlovchilarga tashriflari uchun minnatdorchilik bildirib, taklif va tavsiyalarni o‘rganish uchun koordinatorlar muhokamasida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilinishini bildirib o‘tishdi. 


Chop etilgan sana: 30/09/2024