Yangiliklar

"Ish Plus" loyihasi koordinatorlari Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa” M.F.Y binosida ish izlovchilarga xizmat ko‘rsatishdi

2024-yil 18-sentyabr kuni Yangihayot tumani  “Yangi Choshtepa” M.F.Y da istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun “Ish Plus” loyihasi koordinatorlari va O‘zbek imo-ishora tili tarjimonlari xizmat ko‘rsatishdi.

Uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsadimiz: Toshkent shahridagi turli tumanlarda yashovchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarni aniqlash. Ish izlovchilarga ishplus.uz loyihasini keng targ‘ib qilish, faoliyati bilan tanishtirishtirish hamda tuman “INSON” ijtimoiy xizamatlar markazlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. 2024-yil 18-sentyabr kuni Yangihayot tumani  “Yangi Choshtepa” M.F.Y da istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun “Ish Plus” loyihasi koordinatorlari va O‘zbek imo-ishora tili tarjimonlari xizmat ko‘rsatishdi.


Uchrashuv avvalida “INSON” ijtimoiy xizamatlar markazi Yangihayot tuman bo‘linmasi direktori Abdurahim Xolmetov o‘z tashakkurlarini aytib, mana shunday maanfatli uchrashuvlarni tashkil etishda jamoalari bilan yordamlarini ayamasliklarini aytdib o‘tdilar. www.ishplus.uz loyihasi koordinatorlari shaxsan o‘zlari va loyiha rahbariyati nomidan samimiy va iliq munosabat hamda yaratib berilgan qulay sharoit uchun, chuqur minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi faoliyatimizda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni kelishib olishdi.


ishplus loyihasi koordinatorlari Abdurahmon Akramov, Madina Po‘latova hamda o‘zbek imo-ishora tili tarjimoni Asilbek Anvarjonovlar Yangihayot tumani  “Yangi Choshtepa” M.F.Y da,  mazkur tumanda yashovchi 10 dan ortiq nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar bilan bandlik masalalaridagi turli xil muammolarni atroflicha o‘rganish hamda muammolarni joyida hal qilish maqsadida suhbat olib borishdi.

Nogironligi bo'lgan ish izlovchilarning muammolaridan biri yosh chegarasi bilan bog‘liq. Uchrashuvga kelgan ish izlovchilarning aksariyati nafaqaxo‘rlar bo‘lib, ular bir ovozdan uydan chiqmagan holda ishlash istagini bildirishdi. 2 nafar ish izlovchi “Ishga marhamat” monomarkazidagi kompyuter kurslariga, 2 nafar ish izlovchini esa, ish beruvchi bilan bog'lab, suhbatga yuborildi.

Yig‘ilishda bizga yaqindan yordam ko‘rsatgan Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash sho‘ba mudiri Feruza Yusupova va ushbu bo‘lim mutaxassisi Gulshan Po‘latovaga alohida minnatdorchilik bildiramiz.


Chop etilgan sana: 24/09/2024