
“Ish Plus” loyihasi koordinatorlari Yunusobod tumani Ko‘zi ojizlar jamiyati bo‘linmasida trening tashkil etishdi
2024-yil 18-sentyabr kuni O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Toshkent shahar boshqaruvi Yunusobod tuman bo‘linmasi binosida mazkur tumanda yashovchi 30 ga yaqin ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi ish izlovchilar uchun www.ishplus.uz loyihasining navbatdagi treningi bo‘lib o‘tdi.
Treningda 30 ga yaqin ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi. Ularga www.ishplus.uz loyihasi koordinatorlari, Yulduz Nigmanova, Sarvar Hasanov, Go‘zal Rahmatullayevalar rezyume tayyorlash, ish beruvchi bilan suhbatda ishtirok etish, ish topishning samarali usullari haqida batafsil ma‘lumot berishdi.
Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar www.ishplus.uz saytida ko‘zi ojizlar uchun munosib vakansiyalar kam e‘lon qilinayotganligi va qo‘l mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan vakansiyalar topishda muammolarga duch kelayotganliklari ta‘kidlashdi. Trening davomida, ish izlovchilarni savollariga koordinatorlar tomonidan batafsil javob berildi hamda taklif va tavsiyalarni o‘rganish uchun koordinator muhokamasida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilinishini bildirib o‘tishdi.
Trening so‘nggida ish izlovchilar va ko‘zi ojizlar jamiyati rahbariyati tomonidan iliq kutib olinib, o‘z tashakkurlarini aytib, mana shunday maanfatli uchrashuvlarni tashkil etishda jamoalari bilan yordamlarini ayamasliklarini aytdib o‘tdilar. www.ishplus.uz loyihasi koordinatorlari shaxsan o‘zlari va loyiha rahbariyati nomidan samimiy va iliq munosabat hamda yaratib berilgan qulay sharoit uchun, chuqur minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi faoliyatimizda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni kelishib olishdi.
Matn: Madina Po‘latova
