
Ish Plus Yakkasaroy ofisi xodimlari nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun trening o‘tkazishdi
Ish Plus loyihasi Yakkasaroy filiali xodimlari tomonidan 2024-yil 2-avgust kuni ish izlovchilar uchun ochiq mehnat bozoridagi mavjud ish o‘rinlariga yo‘naltirishga qaratilgan “IshPlus.uz maxsus rekruting vebportalida ro‘yxatdan o‘tish, rezyumeni to‘g‘ri tayyorlash hamda beruvchilarda iliq taassurot qoldirish” mavzusida trening tashkil qilindi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, ijtimoiy buyurtmasi asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi www.ishplus.uz loyihasi doirasida Yakkasaroy tuman “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazi binosida ish izlovchilar uchun trening tashkil etildi.
Mazkur trening interaktiv tarzda o‘tkazildi va 10 nafar ko‘rish, eshitish va jismoniy nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar ishtirok etishdi. Trening o‘zbek imo-ishora tili tarjimonlari tomonidan sinxron tarjima qilindi. Ish beruvchilar bilan ishlovchi koordinator Abdurahmon Akramov ish izlovchilarga tashriflari uchun tashakkur bildirgan holda treningni o‘zining motivatsion ruhdagi nutqi bilan boshlab, www.ishplus.uz loyihasi bilan qisqacha tanishtirib, rekruting vep-portaldan foydalanish haqida ma‘lumot berib o‘tdi. Rezyumeni to‘g‘ri shakllantirish mavzusida atroflicha to‘xtalib, bu mavzu ish izlovchilar bilan keng muhokama qilindi.
Shuningdek, ochiq mehnat bozori nima? Ochiq mehnat bozoridan qanday ish topish mumkin? va ochiq mehnat bozoridan bo‘sh vakansiyalarga o‘z nomzodini ilgari surish kabi mavzular yuzasidan ish izlovchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi va ish beruvchilarda iliq taassurot qoldirish bo‘yicha bir nechta amaliy keyslar bilan bo‘lishildi. Treningda spikerlik vazifasini bajargan koordinator Abdurahmon Akramov izlovchilardan treningda qanday ma‘lumotlarni o‘zlashtira olganliklarini so‘rab, birgalikda tahlil qilishdi.
